Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.
Moliyachi Otabek Bakirov energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov unga qarshi shikoyat arizasi berganini ma’lum qildi. Bunga sabab “Sag‘bon” podstansiyasining doimiy ta’mirlanishi haqidagi maqola bo‘ldi. Moliyachi bu shikoyatni “energotsenzuraga urinish” deb baholadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov 2023-yil uchun Toshkent budjetining qo‘shimcha daromadlari taqsimotini tanqid qildi. Xususan, moliyalashtirishdagi muammo, kurashga pul ajratish davom etayotgani, maktablar ta’mirlanishidagi katta farqni ta’kidlab, “budjetni osmonga sovurishda davom etamizmi?” degan savol bilan yuzlandi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidovaning O‘zbekistonda savdoni liberallashtirishdagi risklar haqidagi so‘zlariga iqtisodchilar o‘z munosabatini bildirdi. “Maqolani 3 marotaba o‘qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligini tushunmadim”, — dedi Botir Qobilov.
Uzauto Motors kompaniyasi agar avtomobillari narxini oshirmoqchi bo‘lsa, unda oldin 10,7 trln so‘mlik (taxminan $993,5 mln) yangi avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im va utilizatsiya yig‘imini to‘langanligini isbotlashi kerak, degan fikrda deputat Rasul Kusherbayev va iqtisodchi Otabek Bakirov. Davlat organlari yig‘imlar to‘lovlari haqida to‘liq ma’lumotni oshkor qilmayapti yoki taqdim etmayapti. Shunga qaramasdan «Gazeta.uz» 8 oy mobaynida beshta ishlab chiqaruvchi 3,3 trln so‘mdan ko‘proq utilizatsiya yig‘imini to‘laganligini aniqlashtira oldi.
2020 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan. Biroq ushbu yig‘im bo‘yicha undirilgan to‘lovlar bo‘yicha so‘nggi 1,5 yil davomida ma’lumotlar berilmagan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Uzauto Motors ushbu yig‘im bo‘yicha 2020 yil avgust-dekabr oylari uchun qariyb 2,5 trln so‘m, 2021 yil uchun esa kamida 5,3 trln so‘m to‘lashi kerak.
Endilikda davlat hisobidan bajariladigan qurilishlarda bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika hamda viloyat shtablari tuziladi. Bu orqali qurilish narxlarini asossiz oshirish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish nazoratga olinadi.
Rasul Kusherbayev Markaziy bankni dam olish kunlari valyuta ayinboshlash shoxobchalari ishlamasligi tufayli odamlarni valyutani «qora bozorda» almashtirishga majbur qilayotganlikda aybladi. Deputat guvohlar ishtirokida 50 dollarni ko‘chada almashtirdi. «Har qanday vaziyatda ham fuqarolar huquqbuzarlik qilmasliklari uchun ularni shuni qilishga majbur qiluvchi barcha sabablar bartaraf etilishi shart», — deya ta’kidladi u.
«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting